13 Fevral 2024 304

Oksana Chusovitina toʻqqizinchi Olimpiadasi sari harakatni boshladi

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun ham masʼuliyatli mavsum boshlanmoqda. 15-18-fevral kunlari Misr poytaxti mazkur sport turi boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Bugun ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz Qohiraga yoʻl oldi. Qayd etish joiz, 20-aprelga qadar davom etadigan 4 bosqich yakuniga koʻra, oʻz yoʻnalishlarida tengsiz boʻlgan 2 nafardan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Shu tariqa, unda Oksana Chusovitina oʻzining toʻqqizinchi Olimpiadasiga litsenziya olish uchun kurash olib boradi. Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Misrga joʻnab ketdi:

Erkaklar:
Rasuljon Abdurahimov
Abdulaziz Mirvaliyev
Humoyun Islomov

Ayollar:
Oksana Chusovitina
Dildora Aripova
Odinaxon Robijonova

Text to speech