13 Fevral 2024 681

Ilya Sibirsev bugun saralashda qatnashadi

Qatarda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati davom etadi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev 800 metrga erkin usulda suzish dasturida saralash bosqichida ishtirok etadi.

Sibirsev Toshkent vaqti bilan soat 12:40 da 3-guruhda startga chiqadi. Kvalifikatsiya yakunida eng yaxshi sakkiz ishtirokchi orasiga kira olsa, ertaga final dasturida medallar uchun kurash olib boradi.

Text to speech