12 Fevral 2024 755

MOQ qoshidagi Tibbiyot markazi yangi texnikalar bilan jihozlandi

Joriy yilning 5-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha muhim topshiriqlar berilgan edi. Ular orasida sportchilarning tibbiy taʼminotiga jiddiy ahamiyat berish, ularni chuqurlashtirilgan koʻrikdan oʻtkazish, zarur vitaminlar bilan taʼminlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Shu bois MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida (RSTIAM) mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Markazda rekonstruksiya qilingan statsionar boʻlimni koʻzdan kechirishdi. Ularni RSTIAM direktori Kamoliddin Sirojitdinov qarshi oldi.

Boʻlim zamonaviy texnikalar va shinam mebellar bilan jihozlangan. Bu yerda nafaqat sportchilar balki hamyurtlarimiz ham muolaja olishlari mumkin. RSTIAM direktori O.Kasimov va M.Tashxodjayevga Markazda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, atletlar uchun yaratilgan yangi sharoitlar, stomatologiya va bir qator tor doiradagi mutaxassislar uchun yaratilgan zamonaviy qulayliklar haqida maʼlumot berdi.

Text to speech