Dzyudochilarimiz Toshkent “Katta dubulgʻa” turniridan avval Bokuda kuch sinashishadi
16-18-fevral kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashadi.
Murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, turnirda yigitlarimiz ikkinchi tarkib bilan ishtirok etadi. Qizlarimiz esa asosiy tarkibda Bokuga yoʻl olishadi. Ozarbayjonda kurashadigan sportchilarimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-81 kg: Nurbek Murtozoyev
-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
+78 kg: Fotima Quramboyeva