FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Fevral 2024 3357

Yigitlarimiz “Stranja” turnirini qatorasiga toʻrtinchi yil birinchi oʻrinda yakunlashdi

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha anʼanaviy “Stranja” turniri oʻz yakuniga yetdi. Bu galgi bahslarda dunyoning 28 mamlakatidan 261 nafar charm qoʻlqop ustalari oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi. Quvonarlisi, “kichik jahon chempionati” nomini olgan mazkur musobaqa bu yil ham yurtdoshlarimizning gʻalabalari bilan yakunlandi.

Yigitlarimiz qatorasiga toʻrtinchi yil umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Rahmatjon Roʻziohunov murabbiyligida qatnashgan bokschilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, qizlarimizdan Sabina Boboqulova -50 kg vazn toifasida oltin, Hamrobonu Mamajonova esa -57 kg vaznda bronza medaliga sazovor boʻldi. Shu tariqa, Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining jamgʻargan jami medallari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etdi. Gʻolib va sovrindorlarni eslab oʻtamiz:

Oltin medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-71 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

Bronza medal:
-57 kg: Hamrobonu Mamajonova
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-86 kg: Samandar Jalolov

Text to speech