6 Iyun 2021 2005

Karatechilarimiz Parijda so‘nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda

11-13 iyun kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi litsenzion turnir bo‘lib o‘tadi. Delegatsiyamiz hozirda Parij shahrida yakuniy mashg‘ulotlarni olib borishmoqda.

Karatechilar murabbiylar Dilnoza Bakirova hamda O‘ktam Bekpo‘latov nazoratida mehmonxonaning sport zalida va uning atrofidagi ochiq havoda shug‘ullanishmoqda. Quyida sportchilarimizning mashg‘ulotlaridan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Litsenzion turnirda ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha:
-67 kg: Sadriddin Saymatov
-75 kg: Dostonbek Otabolayev
+75 kg: Jahonshox Ibrohimov
-55 kg: Bahriniso Boboyeva
-61 kg: Sevinch Rahimova
+61 kg: Dildora Aliqulova

Text to speech