11 Fevral 2024 2125

Sakkizta jahon rekordi oʻrnatilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikki yoʻnalishda qitʼada tengsiz boʻldi

Toshkent mezbonlik qilgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati sarhisob qilindi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy ochkolar klassifikatsiyasida, shuningdek, erkaklar terma jamoamiz ochkolar borasida eng yaxshi deb topildi.

Musobaqa sarhisobiga bagʻishlangan marosimda Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jalud, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Sport vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

3-10-fevral kunlari oʻtgan qitʼa birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Shulardan 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza yigitlarimiz ulushiga toʻgʻri kelsa, qizlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Quyida ochkolar va medallar boʻyicha kuchli uchlikka kirgan jamoalarni koʻrsatib oʻtamiz:

Umumiy ochkolar klassifikatsiyasi:
1. Oʻzbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar boʻyicha erkaklar jamoalari:
1. Oʻzbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar boʻyicha ayollar jamoalari:
1. Janubiy Koreya
2. Oʻzbekiston
3. Xitoy Taipeyi

Umumiy medallar boʻyicha:
1. KXDR – 32 ta oltin, 1 ta kumush
2. Janubiy Koreya – 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza
3. Oʻzbekiston – 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza

Medallar boʻyicha erkaklar terma jamoalari:
1. KXDR – 11 ta oltin, 1 ta kumush
2. Oʻzbekiston – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza
3. Janubiy Koreya – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Medallar boʻyicha ayollar terma jamoalari:
1. KXDR – 21 ta oltin
2. Janubiy Koreya – 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza
3. Oʻzbekiston – 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Osiyo rekordlari: 9 ta;
Jahon rekordlari: 8 ta.

Eng yaxshi erkak sportchi: Ervin Rahmat (Indoneziya)
Eng yaxshi ayol sportchi: Song Gum Ri (KXDR)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yuqori saviyada oʻtkazilgan Osiyo chempionati va unda erishilgan natijalar bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasini samimiy qutlaydi.

Text to speech