11 Fevral 2024
709
Zaynab Dayibekova o’zbek qilichbozligida yana bir yangi sahifa ochdi
Kunni ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova Peruda o’tkazilayotgan Jahon kubogida bronza medalini qo’lga kiritdi.
Yurtdoshimiz saralashdan muvaffaqiyatli o’tib, pley-offda ham ishonchli harakat qildi. Dayibekova musobaqa davomida Bolgariya, Italiya, Hindiston, Yaponiya vakillarini mag’lubiyatga uchratishga erishdi. Shundan keyin u yarim finalda ikki karra jahon chempioni vengriyalik Shugar Battaiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Qayd etish joiz, bu kattalar o’rtasidagi Jahon Kubogi bahslarida o’zbekistonlik qilichbozlarning qo’lga kiritgan ilk medali bo’ldi.