10 Fevral 2024 709

Yosh atletimiz dast ko’tarishda Ruslan Nurudinovni ortda qoldirdi

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun eng ogʻir vazn toifasidagi polvonlarning bahsi bilan musobaqaga yakun yasaladi. Ayni paytda -109 va +109 kg vazn toifasidagi bahslar oʻtkazilmoqda.

E’tiborlisi,terma jamoamizning yosh vakillaridan biri Sharofiddin Amriddinov (-109 kg) dast ko’tarish mashqida Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari chempioni va rekordchisi Ruslan Nurudinovni ortda qoldirib, ushbu dasturda oltin medalni qo’lga kiritdi. Nurudinov 175 kg bilan kumush medalga ega chiqdi. Amriddinov esa 176 kg toshni bo’ysundirdi.

Text to speech