6 Iyun 2021 2308

Jahon chempionatini yengil vaznli sportchilarimiz boshlab berishadi

Vengriya poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati start olmoqda. Reglamentga ko‘ra, bugun yengil vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Musobaqani -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Gulnur Muratbayeva boshlab beradi. Yurtdoshimiz dastlabki bosqichda musobaqa mezbonlaridan biri Yeva Chernoviskiga kurash olib boradi. Uning raqibi 34 yoshda bo‘lib, London-2012 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Pekin-2008 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.

Shundan so‘ng Kemran Nurillayev -60 kg vazn toifasida jahon va Olimpiada reytingini boshqarib borayotgan yaponiyalik Ryuju Nagayamaga qarshi tatamiga chiqadi. Ryuju yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligining ikki karra sovrindori hisoblanadi.

Qurʼa bugungi vakillarimizga biroz noqulay raqiblarni taqdim qildi. Biroq biz dzyudochilarimizga ishonamiz va ulardan chiroyli g‘alabalar kutamiz. Olg‘a, Yangi O‘zbekiston!

Text to speech