Og’ir atletikachi qizlarimiz shohsupada
Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi. Ayollar oʻrtasida oʻtgan -87 va +87 kg vazn toifalaridagi bahslar muvaffaqiyatli oʻtdi.
-87 kg vaznda qatnashgan Nigora Suvonova dast ko’tarishda 101 kg natija qayd etib oltin, siltab ko’tarishda 128 kg va ikki kurashda 229 kg bilan 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi. Tursunoy Jabborova +87 kg vazn toifasida dast ko’tarishda 116 kg bilan bronza medaliga sazovor boʻldi. Afsuski, uning siltab ko’tarish va ikki kurashdagi natijalari shohsupaga ko’tarilish uchum yetarli bo’lmadi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev -102 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi.