9 Fevral 2024 452

Yanina Kuskova "UAE Tour" turnirida eng yaxshi yosh poygachiga aylandi

BAAning Dubay shahrida veloshosse boʻyicha "UAE Tour" koʻpkunlik musobaqasi start olgani haqida maʼlum qilgan edik. Ahamiyatlisi, birinchi bosqich yakuniga koʻra, ”Tashkent City Professional Womenʼs Cycling Team“ jamoasi aʼzosi Yanina Kuskova eng yaxshi yosh poygachi nominatsiyada yetakchilikni qoʻlga oldi.

Umumiy klassifikatsiya borasida Yanina 17-natijani qayd etib turibdi. 122 km masofani tashkil etgan birinchi bosqich yakunida hamyurtlarimizning natijasi bilan tanishing:

17. Yanina Kuskova (2:59:08)
44. Olga Zabelinskaya (2:59:11)
64. Nafosat Koziyeva (2:59:11)
66. Anna Kuskova (2:59:11)
95. Madina Qahhorova (2:59:11)
97. Margarita Misyurina (2:59:11).

Bugun ikkinchi bosqich doirasida sportchilar “Al Mirfa Bab Al Nojoum” va “Madinat Zayed” manzillari orasidagi 113 km masofada bahs olib borishadi.

Text to speech