FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Fevral 2024 2061

Turkiyaning Belek shahridagi ishchi guruh xorijlik murabbiylar bilan oldindagi rejalarni muhokama qildi

MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh ayni paytda Turkiyaning Belek shahrida yigʻin oʻtkazayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining mashgʻulotlarini kuzatishda davom etadi. Bugun u sportchi va murabbiylar bilan oldinda turgan rejalar yuzasidan suhbat oʻtkazdi.

Qayd etish joiz, Turkiya yigʻinidan xorijlik murabbiylar, xususan, bolgariyalik Andrian Douchev hamda vengriyalik Natasha Douchev-Yanich terma jamoaga jalb qilingan. Suhbat davomida atletlarni yirik musobaqalar, xususan, aprel oyida Yaponiyada oʻtadigan Parij-2024 litsenzion turniriga puxta tayyorlash, mashgʻulotlarda mazkur sport turidagi zamonaviy metodikalarga yondashish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, jamoadagi muammo va kamchiliklar ham koʻrib chiqildi. Sherzod Tashmatov sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbik koʻrikdan oʻtkazish masalasiga ham toʻxtaldi. Bu borada jamoa shifokori va murabbiylar shtabi ishchi guruhni mazkur yoʻnalishdagi rejalar, terma jamoa aʼzolarining salomatligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirdi.

Text to speech