FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Fevral 2024 2313

Sablyachilarimizdan sermahsullik, rapirachi yigitlarimiz ham shohsupaga koʻtarilishdi

Ortda qolgan hafta qilichbozlarimiz uchun ham omadli nihoyasiga yetdi. Jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etgan yoshlar terma jamoalarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi.

Xususan, Bolgariyaning Plovdiv shahrida kechgan yigitlar va qizlar oʻrtasidagi sablya bahslari muvaffaqiyatli oʻtdi. Ayniqsa, qizlarimiz jamoaviy dasturda oltin medalga sazovor boʻlishgani alohida ahamiyatli. Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirovadan iborat jamoamiz dastlab Kanada va Polsha jamoalarini, soʻng yarim finalda Italiya va finalda fransiyalik qizlarni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Yakkalik bahslarida Samira Shokirova bronza medali bilan taqdirlandi.

Yigitlarimiz ham musobaqada sermahsul ishtirok etishdi. Jamoaviy dasturda yarim finalda Italiyaga magʻlub boʻlgan jamoamiz bronza medali uchun janglarda Vengriyadan ustun keldi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov esa yakkalik dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Xorvatiyaning Zagreb shahrida rapira qurolida oʻtgan bahslarda ham yurtdoshlarimiz shohsupaga koʻtarilishdi. Yarim finalgacha yetib borgan yigitlarimiz jamoaviy dasturda bronza medali uchun bahsda gonkonglik tengqurlarini ustidan gʻalaba qozondilar.

Text to speech