4 Fevral 2024
739
Dzyudochilarimiz Parij “Katta dubulg’a” turnirini ikkita medal bilan yakunlashdi
Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan “Katta dubulg’a” musobaqasidagi ishtirokini tugatdi.
Hamyurtlarimiz mazkur turnirda 2 ta bronza medallarini jamg’arishdi. Bugun og’ir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Alisher Yusupov bronza medaliga ega chiqdi. Xorazmlik polvonimiz ushbu boshqichda gruzin polvoni Irakli Demetrashvilidan ustun keldi. Eslatib o’tamiz, kecha Shahram Ahadov (-73 kg) ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi.