4 Fevral 2024
452
Osiyo chempionatida ilk medal
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda oʻtayotgan Osiyo chempionatida oʻzining ilk medalini qoʻlga kiritdi. Unga -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Abdullayeva mualliflik qildi.
Atletimizning dast ko’tarish mashqida qayd etgan 86 kg, siltab ko’tarishdagi 106 kg va umumiy hisobdagi 192 kg natijalar unga barcha dasturlarda bronza medallarini keltirdi.
1. Kang Hyong Gyong (KXDR) - 227 kg
2. Chen Guan-Ling (Xitoy Taipeyi) - 204 kg
3. Nigora Abdullayeva (O’zbekiston) - 192 kg