5 Iyun 2021 2402

Yozgi ta’til sport bilan yanada maroqli

MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov Qo‘mitaning viloyatlardagi vakillari bilan navbatdagi onlayn yig‘ilishini o‘tkazdi. ZOOM platformasida o‘tgan tadbirda yoshlar orasida ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibida Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy musobaqasining may oyi yakuni va iyun oyi rejalari, yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarida ular uchun turli sport musobaqalarini tashkil etish, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Yoshlar oyligini o‘tkazish masalalari joy oldi.

 

Yig‘ilishda asosiy masala Yoshlar oyligi doirasida (iyun oyi) amalga oshiriladigan “Sport va yoshlar loyihasi”, “Yosh shaxmatchi”, “Yoshlar velomarafoni” sport tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, bu orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat davomida har bir hududning mazkur tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha imkoniyati, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolari o‘rganilib, bir qator masalalar hal qilindi.

Text to speech