FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Fevral 2024 2458

Otabek Umarov Shahram Ahadovni taqdirlash marosimida qatnashdi

Parij shahrida oʻtayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shahram Ahadov -73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik. Hamyurtimizni taqdirlash marosimida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov ishtirok etdi va medalni Ahadovga shaxsan oʻzi topshirdi.

Bugun musobaqa doirasida ogʻir vazn toifasidagi sportchilar tatamiga chiqishadi. Unda sovrinli oʻrinlar uchun kurashadigan dzyudochilarimiz turnirni quyidagi atletlarga qarshi boshlashadi:

-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev – Georgios Kroussaniotakis (Kipr)
+100 kg: Alisher Yusupov – Marius Fizel (Slovakiya)
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Emma Rid (Buyuk Britaniya)
+78 kg: Rinata Ilmatova – Amaranta Urdaneta (Venesuela)

Text to speech