FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Fevral 2024 2384

Bolgariyada “Stranja” turniri start olmoqda

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha anʼanaviy “Stranja” xalqaro musobaqasi start oladi. 11-fevralga qadar davom etadigan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi musobaqa uchun Parij-2024 litsenziatlari Hasanboy Doʻsmatov, Abdumalik Xalokov, Nigina Oʻktamova, shuningdek, hozirda oʻz vazn toifalarida ikkinchi va uchinchi raqamli sportchi boʻlib turgan bokschilarni tanlab oldi. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz bilan tanishing:

Erkaklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Hoʻjanazar Nortojiyev
-54 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg: Ziyovuddin Alijonov
-57 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Hudoynazar Fayzov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-63.5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Kamronbek Turgʻunboyev
-71 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Aʼloxon Abdullayev
-86 kg: Samandar Jalolov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-50 kg: Sabina Bobokulova
-57 kg: Nigina Oʻktamova
-57 kg: Humorabonu Mamajonova
-60 kg: Rashida Tagirova

Text to speech