2 Fevral 2024 572

Ispaniyada yarim final janglari o’tkaziladi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Ispaniyada tashkil etilayotgan "Boxam” turnirida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Ayni paytga kelib, turnirda saralash bahslari ortda qoldi va bugun yarim final janglari oʻtkaziladi.

Ushbu bosqichga Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili yetib keldi. -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev kichik jarohat sabab chorak finalda ringga koʻtarilmagan boʻlsa, Jasurbek Yoʻldoshev (-80 kg) kecha boshqa bir hamyurtimiz Toʻrabek Habibullayevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bugun 19:00 da start oladigan janglarning juftliklari bilan tanishing:

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Kumar Amit (Hindiston)
-63,5 kg: Mujbillo Tursunov – Kemeron Makkay (Angliya)
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Bernad Frank Martinez (Ispaniya)
-80 kg: Toʻrabek Habibullayev - Sagin Satibaldi Uulu (Qirgʻiziston)
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Reyes Pla Emmanuyel (Ispaniya)
-92 kg: Shohjahon Abdullayev - Rikardo Adrian Fresneda (IBA)

Text to speech