FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Fevral 2024 2334

Tennischilarimiz Devis kubogidagi raqiblarini bilib olishdi

Maʼlum qilganimizdek, 2-3-fevral kunlari Toshkentda Devis kubogi jahon saralash bosqichining birinchi raundidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Polsha terma jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtadi. Bugun bellashuvlar oldidan qurʼa tashlash marosimi va matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda Toʻlaganova va federatsiya raisi oʻrinbosari Azizbek Xadjayev, oʻyin referisi Tom Kinlox, Polsha tennis federatsiyasi masʼullari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, boʻlajak bahslarga “Humo arena” mezbonlik qiladi. Jamoamiz sardori Denis Istomin oʻyin oldidan barcha yigitlar yuqori sport formasida ekani, bunday ajoyib atmosferada oʻynash tennischilarga boshqacha zavq berishini taʼkidladi.

Qurʼa yakunlariga koʻra, juftliklar quyidagicha koʻrinish oldi:
2-fevral:
Sergey Fomin – Xubert Xurkach
Humoyun Sultonov – Maks Kasnikovski

3-fevral:
Sergey Fomin / Maksim Shin – Xubert Xurkach / Yan Zelinski
Humoyun Sultonov – Xubert Xurkach
Sergey Fomin – Maks Kasnikovski

Text to speech