29 Yanvar 2024
891
Bekzod Abdurahmonov xalqaro musobaqaning “Eng yaxshi xorijlik sportchisi” deb topildi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni Ivan Yarigin xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. Erkin va ayollar kurashi boʻyicha oʻtkazilgan turnirning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Nabira Esenbayeva (-68 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqa davomida Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) va Sardor Roʻzimov (-61 kg) ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishgan edi. Yana bir ahamiyatli tomoni, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari sovrindori B.Abdurahmonov musobaqada “Eng yaxshi xorijlik sportchi” deb topildi.