28 Yanvar 2024 691

Anvar Anvarov Fransiyadagi turnirda oltin medalga sazovor bo‘ldi

Yengil atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov Fransiyaning Nant shahrida o’tayotgan xalqaro musobaqada g’alaba qozondi.

Uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 7.88 metr natija qayd etdi va oltin medalga sazovor bo’ldi. Ikkinchi va uchinchi o’rinlar mezbon atletlarga nasib etdi. Bugun hamyurtimiz Safina Sadullayeva ayni shu turnirda balandlikka sakrash sektorida qatnashsa, uch hatlab sakrovchimiz Sharifa Davronova Estoniyadagi musobaqada o’z omadini sinab ko’radi.

Text to speech