5 Iyun 2021 2546

MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatovni tabriklaymiz!

Bugun MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sherzod Rixsibayevich Tashmatov 1979-yil 5-iyun kuni tug‘ilgan. Umrining asosiy qismini o‘zbek sportini rivojlantirishga bag‘ishlagan professional sport menejeri faoliyati davomida O‘zbekiston muaytay va boks federatsiyalarida muvaffaqiyatli ishlagan. Ayniqsa, o‘zbek bokschilarining Rio-2016 Olimpiya o‘yinlaridagi zafarli ishtirokida bu insonning xizmati beqiyos. Sherzod Tashmatov, shuningdek, Osiyo boks Konfederatsiyasi vitse-prezidenti, tashkilot Ijroiya qo‘mitasi aʼzosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. 2016-yil bokschilarimizning Rio-2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatidan so‘ng hukumatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

2019 yil MOQ raisi o‘rinbosari etib saylandi. Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Tezkor shtab rahbari sifatida nafaqat taekvondo, balki butun delegatsiyamiz faoliyati Sherzod Tashmatovga ishonib topshirildi. Sherzod Rixsibayevich rahbarligida taekvondochilarimiz ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Sherzod Tashmatovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan zafarlar tilab qoladi.

Text to speech