FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Yanvar 2024 2222

Sirdaryodagi sport taʼlim muassasalari oʻrganilib, muammoli mavzular yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi

Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Namangandan soʻng Sirdaryo viloyatida boʻlib, bir qator sport taʼlim muassasalari va sport inshootlarining faoliyatini oʻrgandi. Jumladan, soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Yangiyer shahrida barpo etilayotgan futbol akademiyasi va Guliston shahridagi stadionning qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Gulistondagi “Alpomish” sport majmuasi, suv sporti, gimnastika, yakkakurash va sportning oʻyin turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati oʻrganilib, u yerda sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Shundan soʻng, 2023-yil davomida Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida erishilgan yutuqlar hamda 2024-yilgi rejalar taqdimoti koʻrib chiqildi.

Oʻrganish yakunida, sport sohasiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi. Unda yoʻllangan murojaatlarning ayrimlari joyida hal qilinib, muddat talab qiladigan masalalar qatʼiy nazoratga olindi.

Text to speech