26 Yanvar 2024 869

Diyora Keldiyorova - Odivelash Gran-prisi chempioni!

Dzyudochilarimizning Odivelash (Portugaliya) shahri mezbonlik qilayotgan Gran-pri turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Dilshod Baratovdan so’ng Diyora Keldiyorova (-52 kg) O’zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medal keltirdi.

Keldiyorova murosasiz kechgan chempionlik bahsida azaliy raqiblaridan biri vengriyalik Reka Pupp ustidan yana bir bor g’alaba qozondi. Shuning bilan Diyora ham o’z hisobiga oltin medal qatori 700 reyting ochkosini yozdirib qo’ydi. Ertaga ham dzyudochilarimizdan mana shunday ajoyib natija kutib qolamiz!

Text to speech