26 Yanvar 2024
1037
Dzyudochilarimiz yangi yilni oltin medal bilan boshlashdi
Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Baratov ushbu sport turida joriy yil hisobidan atletlarimizning ilk medaliga mualliflik qildi. Mahoratli sportchimiz Portugaliyaning Odivelash shahrida o’tayotgan Gran-pri musobaqasining oltin medaliga sazovor bo’ldi.
-60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Baratov finalda braziliyalik Mishel Augustodan ustun keldi. Ushbu g’alaba hamyurtimizga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochko taqdim etadi.