26 Yanvar 2024
654
Kamonchilarimiz Samarqandda yangi mavsumga tayyorlanishmoqda
Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida kamondan otish dasturida ilk bor ishtirok etadi. Ayni paytda litsenziat Ziyodaxon Abdusattorova va uning jamoadoshlari Samarqand shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishmoqda.
Rejaga koʻra, 4-yanvarda boshlangan yigʻinning dastlabki bosqichi 28-yanvarga qadar davom etadi. Shundan soʻng sportchilarimiz Samarqandning oʻzida 29-yanvardan 19-fevralgacha yigʻinning ikkinchi bosqichini olib borishadi. Atletlar mashgʻulotlarning dastlabki qismida jismoniy holatlarini yaxshilab olishgan boʻlsalar, endilikda texnik harakatlar ustida ishlashmoqda. Yigʻinlar yakunlangach terma jamoa xalqaro maydondagi ishtirokini boshlaydi.