5 Iyun 2021 1677

AOKAda boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Azmu shijoatli bokschilarimizning Osiyo chempionatida erishgan muvaffaqiyatlari hali ham barchaning keng muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ushbu musobaqa sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murod Mamadaliyev, federatsiya raisi maslahatchisi Malik Babayev, terma jamoa katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunov hamda Osiyo va jahon chempioni Bahodir Jalolov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Suhbat davomida Osiyo chempionati yakunlaridan tashqari Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik ham atroflicha muhokama qilindi. Anjumanning to‘liq qismini ushbu videoda tomosha qilasiz:

Text to speech