24 Yanvar 2024 741

"Humo arena" Devis kubogiga mezbonlik qiladi

2-4-fevral kunlari tennis boʻyicha Devis kubogining jahon miqyosidagi birinchi pley-off bosqichi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi 2-3-fevral kunlari Toshkentda Polshaga qarshi bahs olib boradi.

Ahamiyatlisi, bellashuvlar “Humo arena” majmuasida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston tennis federatsiyasining maʼlum qilishicha, unda Denis Istomin ham ishtirok etadi. Polsha terma jamoasi tarkibida esa ayni paytda jahon tasnif jadvalida 9-pogʻonani egallab turgan Xubert Xurkach kabi nomdor sportchilarni uchratish mumkin. Jamoalar quyidagi tennischilarni roʻyxatdan oʻtkazgan:

Oʻzbekiston: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin, Amir Milushev.

Polsha: Xubert Xurkach, Maks Kasnikovski, Kamil Mayxshak, Karol Drzevski, Yan Zelinski.

Text to speech