FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Yanvar 2024 2249

Ishchi guruh Namangan viloyatidagi sport maktablarini koʻzdan kechirmoqda

Ayni kunlarda Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining rahbariyati Respublika boʻylab sohadagi oʻzgarishlar va muammolarni oʻrganish boʻyicha xizmat safarida boʻlib turibdi. MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va boshqa mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruh Namangan viloyatidagi holatni oʻrganmoqda.

Mutasaddilar Pop, Kosonsoy va Yangiqoʻrgʻon tumanlarining chekka hududlaridagi sport maktablariga tashrif buyurishdi. Unda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, yoʻlga qoʻyilgan boʻlimlar va mashgʻulotlar jadvali, maktablarning moddiy-texnik bazalarini oʻrganishdi. Shuningdek, Namangan shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda velotrek bazasi ham eʼtibor markazida boʻldi. Ishchi guruh safar davomida har bir obyektdagi xonalar, zallarni koʻzdan kechirib, yakuniy xulosalar boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berib oʻtdi.

Text to speech