24 Yanvar 2024 903

Taekvondochilarimizning “Fujairah Open” turniri uchun tarkibi aniq

4-fevral kuni BAAning Fujayra shahrida taekvondo boʻyicha G2 tasnifiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi unda ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda sportchilarimizning Turkiyaning Antalya shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishmoqda. Jamoa BAA turnirida quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoberdiyev
-58 kg: Omonjon Otajonov
-63 kg: Amir Toʻrayev
-68 kg: Ulugʻbek Rashitov
-68 kg: Diyor Toʻxliboyev
-74 kg: Najmiddin Qosimxojiyev
-80 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Mavlon Toʻxtasinboyev
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Abbos Choʻponqulov
+87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-46 kg: Dilnoza Tangirova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-53 kg: Shabona Abuvaliyeva
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Ozoda Sobirjonova
-67 kg: Feruza Sodiqova
-73 kg: Gulsanam Alijonova
+73 kg: Iroda Mirtojiyeva

Text to speech