23 Yanvar 2024 672

Oʻzbekiston Osiyo kubogining nimchorak finalida

Futbol bo’yicha Osiyo kubogi

Avstraliya 1– 1 Oʻzbekiston

Gollar: M.Boyl (45+1) – A.Turgʻunboyev 79'

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining nimchorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Guruh bosqichining soʻnggi turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borgan yigitlarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Qayd etish joiz, Aziz Turgʻunboyevning goli terma jamoamizning Avstraliyaga qarshi oʻyinlardagi noxush anʼanasiga chek qoʻydi.

Yakunda Avstraliya guruhda 7 ochko bilan birinchi, Oʻzbekiston esa 5 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrinni egallagan Suriya hisobida 4 ochko boʻlsa, barcha oʻyinda magʻlubiyatga uchragan Hindiston turnirni ochkosiz yakunladi.

Text to speech