23 Yanvar 2024 579

Futbolchi qizlarimiz yig‘in boshlashdi

24-28-fevral kunlari futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasini muhim bahslar kutib turibdi. Midori Xonda shogirdlari unda Avstraliyaga qarshi uy-safar tizimida 2 ta oʻyin oʻtkazadi.

Umumiy hisob gʻolibiga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi nasib etadi. Shu bois, boʻlajak uchrashuvlarga boʻlgan qiziqish ancha yuqori. Futbolchilarimiz ushbu oʻyinlarga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlashdi.

Rejaga koʻra, 28-yanvardan yigʻinning ikkinchi qismi Marokashda davom etadi. Unda jamoamiz mezbonlarga qarshi oʻrtoqlik bahslarini oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Text to speech