4 Iyun 2021 2313

Ular Tokioga borishadi: Nukusning shijoatli o‘g‘loni Sherzod Mamutov

Bugun qilichbozlik bo‘yicha yosh isteʼdodli sportchilarimizdan biri Sherzod Mamutov bilan “Ular Tokioga borishadi” loyihamizda batafsil tanishamiz.

Sherzod Azamatovich Mamutov 2002-yil 5-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Dastlab Nukus shahrida Daurbek Jiyemuratov qo‘l ostida qilichbozlik sir-asrorlarini o‘rgana boshladi. Hozirda uch karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Vladimir Nazlimov qo‘l ostida shug‘ullanmoqda.

Sportchimiz 2018-yil terma jamoa tarkibiga jalb qilingan. Yuqori isteʼdod egasi qisqa vaqt ichida katta natijalar ko‘rsata boshladi. Shu yilning o‘zida sablya bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining jamoaviy yo‘nalishida kumush, bir yil o‘tgach Iordaniyadagi qitʼa birinchiligida esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hozircha yosh sportchimizning qo‘lga kiritgan asosiy yutuqlari shulardan iborat. Ishonamizki, uning kelajakdagi g‘alabalari oldinda va Yangi O‘zbekiston uchun ulkan g‘alabalar taqdim qiladi.

Mamutov joriy yilning aprel oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo-Okeaniya litsenzion turnirida g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Text to speech