4 Iyun 2021
2128
Tokio-2020 litsenziati tayyorgarlik doirasida Italiyaga yo‘l oldi
Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari litsenziati Murodjon Xolmurodov yilning eng muhim startiga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun Italiyaga jo‘nab ketdi. Hamyurtimiz Apennin yarim orolining Livinyo shahrida xalqaro yig‘inda qatnashadi. Ushbu yig‘in 8 iyulga qadar mo‘ljallangan. Sportchimizga murabbiy Ruslan Karimov hamrohlik qiladi.
Ushbu shahar Italiyaning Shveysariya bilan chegaradosh qismida, Alp tog‘i tizmasida joylashgan. U yerda jahonning bir qator kuchli jamoalari Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari va “Tur de Frans-2021” musobaqasiga hozirlik ko‘rishadi. Kuchli raqobat ostida kechadigan mazkur yig‘in sportchimiz uchun Olimpiada tayyorgarlik yo‘lida munosib tayyorgarlik bo‘ladi.