13 Yanvar 2024 1247

Dzyudo olamidagi yilning birinchi musobaqasida qatnashadigan jamoamiz tarkibi aniq

26-28-yanvar kunlari Portugaliyada dzyudo boʻyicha yilning ilk turniri – Odivelash Gran-prisi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Portugaliya turnirida 18 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Qayd etish joiz, ayni paytda jamoa Avstriyaning Mitterzill shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlib turibdi. Shundan soʻng 15-23-yanvar kunlari yigʻin Myunxenda davom etadi va 24-yanvarda jamoa Odivelashga yoʻl oladi. Portugaliyada medallar uchun kurash olib boradigan tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Text to speech