4 Iyun 2021 2181

Zamonaviy beshkurashchilarimiz Qirg‘izistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda

Ayni kunlarda zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Tog‘li mintaqada o‘tkazayotgan mazkur mashg‘ulotlar bilan yoshlarimizni oldinda turgan yirik turnirlarga tayyorlash rejalashtirilgan.

Yig‘in 25 may kuni boshlangan bo‘lib, 15 iyunga qadar davom etadi. Jamoamizni joriy yil Markaziy Osiyo va Osiyo chempionati, 2022 yil esa Xanchjou shahrida o‘tadigan Osiyo o‘yinlari kabi katta startlar kutib turibdi. Ushbu yig‘inda o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan yoshlarimiz terma jamoamizning asosiy tarkibida yuqoridagi musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qilishi mumkin. Jamoamizga malakali murabbiylar shtabi bosh bo‘lib turibdi. Mazkur yig‘in yakuniga yetgach jamoamiz ikkikurash va uchkurash bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashish uchun Qozog‘istonning Burabay shahriga jo‘nab ketadi.

Text to speech