FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Yanvar 2024 2031

Og‘ir atletikachilarimiz Bokuda tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi kelasi oy Toshkentda oʻtadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Ozarbayjonga joʻnab ketgani haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz Boku shahrida musobaqadan avval soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishmoqda.

Bosh murabbiy Bahrom Mendiboyevning soʻzlariga koʻra, sportchilar maxsus texnik harakatlar ustida ishlashmoqda. Mashgʻulotlarda ozarbayjonlik sportchilar ham ishtirok etyapti. Atletlarimiz Osiyo chempionatining dasturiga qarab 31-yanvar (yengil vazn toifasidagilar) va 4-fevral (ogʻir vazn toifasidagilar) kunlari Toshkentga qaytib kelishadi. Maʼlumot uchun, qitʼa birinchiligi 2-10-fevral kunlari oʻtkaziladi.

Text to speech