FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Yanvar 2024 1978

Olimpiada sovrindori murabbiylikdagi faoliyatini boshladi

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati va Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Diyorbek O‘rozboyev sportchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik sohasida ilk qadamlarini tashlamoqda. O‘rozboyev 2024-yil boshidan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida ish boshladi.

Terma jamoamiz ayni paytda Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Diyorbek yosh polvonlarimizni yil davomida kutib turgan Osiyo kubogi bosqichlari hamda Turkmanistonda o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorlashda bosh murabbiy Kamol Murodovga yordam beradi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi nomdor sportchimizga murabbiylik sohasida ham muvaffaqiyat tilaydi.

Text to speech