4 Iyun 2021 2359

Doniyor Saliyev va Jo‘rabek Karimovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli paralimpiyachimiz Doniyor Saliyev va tennischimiz Jo‘rabek Karimov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Doniyor Saliyev 1994-yil 4-iyun kuni tug‘ilgan. Para-atletikaning uzunlikka sakrash va yugurish yo‘nalishiga ixtisoslashgan sportchimiz mazkur yo‘nalishlarda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan. 2019-yil Dubayda o‘tkazilgan jahon chempionatida zafar quchib, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jo‘rabek Karimov 1998-yil 4-iyun kuni Toshkentda tavallud topgan. Tennis bo‘yicha ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori. Ayniqsa, uning faoliyatida 2016-yil “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi final bosqichigacha yetib kelgani alohida ahamiyat kasb etadi. Jo‘rabek ITF tomonidan ko‘p karra umidli yosh tennischi sifatida eʼtirof etilgan. Faoliyati davomida “Chellenjer” turkumidagi turnirlarda qator muvaffaqiyatlarga erishgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va omad tilab qoladi.

Text to speech