6 Yanvar 2024 498

Konkurchilarimizdan xushxabar

Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2* tasnifidagi xalqaro musobaqa oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari sovrindorlar qatoridan joy olishmoqda.

125 sm balandliklardan sakrash dasturida Bahromjon Gaziyev (“Lady” laqabli otda) eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, toʻsiq balandligi 140 smni tashkil etgan dasturda Abdurahmon Abdullayev “Otto van de Acherhoek” laqabli tulpori bilan kumush medalga sazovor boʻldi.

Text to speech