7 Yanvar 2024 801

Velosportchilarimiz Avstraliyaga yo‘l olishdi

Velosport bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi Avstraliyaga yo’l oldi. 6 nafar sportchidan iborat jamoamiz “yashil qit’a”da 5-fevralgacha o’quv-mashg’ulot yig’ini, 3 ta xalqaro musobaqa va Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.

Turnirlardan birinchisi 12-14-yanvar kunlari o’tadigan “Santos Tour Down Under Women’s World Tour” musobaqasi bo’lib, unda dunyoning yetakchi jamoalari ishtirok etadi. Avstraliyaga quyidagi sportchilarimiz yo’l oldi:

Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Koziyeva
Sofiya Karimova
Madina Qahhorova

Text to speech