4 Iyun 2021 2208

Qo‘l jangi ustalariga jahon chempionatida omad tilaymiz!

Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati start olmoqda. 5-7 iyun kunlari “Yunusobod sport kompleksi”da o‘tadigan dunyo birinchiligida 30 mamlakatdan 200 nafardan ortiq mohir qo‘l jangi ustalari bahs olib borishadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining asosiy vazifasi mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘libgina qolmay, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish, yurtimiz yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishdan ham iboratdir. Qolaversa MOQ bu yo‘nalishda har qanday loyihalarni qo‘llab quvvatlaydi.

Bu borada qo‘l jangi yosh avlodni jismonan yetuk va mard qilib tarbiyalashda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiylarimizning jangovar tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishonamizki, ilk bor poytaxtimizda o‘tkaziladigan mazkur jahon chempionati qo‘l jangining yurtimizda yana-da ommalashishiga xizmat qilib, muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida katta turtki bo‘ladi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasining kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, oldinda turgan musobaqani yuqori saviyada o‘tkazib olishini, ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida doimo hamkorlikka tayyor ekanini bildirib qoladi.

Text to speech