3 Yanvar 2024 677

Merganlarimiz litsenzion musobaqada ishtirok etishadi

5-17-yanvar kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida oʻq otish sporti boʻyicha Osiyo mintaqasi uchun Parij-2024 litsenzion musobaqasi boʻlib oʻtadi. BAAdagi yigʻin orqali ushbu masʼuliyatli startga tayyorlangan Oʻzbekiston terma jamoasi Jakartaga yetib bordi. Murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, mazkur musobaqada hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

10 metrdan pnevmatik va 50 metrdan kichik kalibrli miltiqdan otish:
Javohir Sohibov
Muxtasar Tohirova
Dilafroʻz Qobiljonova

10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish:
Muhammad Kamalov
Vladimir Svechnikov
Veniamin Nikitin
Ilhombek Obidjonov
Sitora Ergashboyeva

Text to speech