4 Iyun 2021 2318

Marius Vizer IJF prezidentligiga qayta saylandi, Armen Bagdasarov esa masʼuliyatli lavozimlaridan birini egalladi

Vengriyaning Budapesht shahrida jahon chempionati start olmoqda. Musobaqadan avval Xalqaro dzyudo federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir doirasida tashkilot rahbarligiga saylov bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning amaldagi prezidenti Marius Vizer nomzodi g‘alaba qozondi va u yana yaqin 4 yil davomida mazkur tashkilotni boshqaradigan bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir davomida tashkilotning boshqa tarkibiy qismlari ham shakllantirib olindi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Armen Bagdasarov Xalqaro dzyudo federatsiyasi hakamlar hayʼati bosh direktori lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi dunyo dzyudo oilasiga yana 4 yil davomida rahbarlik qiladigan Marius Vizer va yangi masʼuliyatli lavozimga saylangan yurtdoshimiz Armen Bagdasarovni tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech