25 Dekabr 2023 695

Abdurahmon Abdullayev BAAdagi turnirda chempion bo‘ldi

BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI 4*-W tasnifidagi musobaqa yakunlandi. Turnirning soʻnggi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev oltin medalga sazovor boʻldi. Ushbu yoʻnalishda yurtdoshimizga “Caballone” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Musobaqada sportchi sifatida qatnashgan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev “Lady” laqabli otda 125 sm, Abdurahmon Abdullayev 155 smli Gran-pri dasturida “Volour” tulporida yettinchi natijani qayd etishdi.

Text to speech