25 Dekabr 2023 2877

“Milliy sport mukofoti-2023” o‘z g‘oliblarini aniqladi

Poytaxtimizdagi «Renessans Hall» saroyida “Milliy sport mukofoti-2023” — sport bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda turli quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha yil laureatlari aniqlandi.

Eng yaxshi sport maktablari:
1. Navoiy shahar 1-son sport maktabi;
2. Buxoro tuman sport maktabi;
3. Xonqa tumani sport maktabi;
4. Mirobod tumani 1-son sport maktabi.

Eng yaxshi ixtisoslashtirilgan sport maktablari:
1. Samarqand viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
2. Farg‘ona viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
3. Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
4. Namangan viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Yil kashfiyoti: Ziyodaxon Abdusattorova (kamondan otish);

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulistan Perdibayeva (qilichbozlik);

Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston Rowing&Сanoe federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi hakami: Dmitriy Kim (taekvondo WT);

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Sardor Parpiyev (MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokori);

Yilning eng yaxshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;

Yilning eng yaxshi sport fotografi: Anvar Ilyasov (“Dunyo” AA fotografi);

Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Gulnoza Ahmadaliyeva (Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori);

Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;

Yilning eng faol sport jamiyati: O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sport jamiyati;

Yilning eng faol sport blogeri: Farruh Muhiddinov («Bugun sport» instablogi asoschisi);

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Abduaziz Qurbonov “SPORT” teleradiokanali muxbiri;

Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: «Navoiy KMK» AJ;

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun (xususiy sektor): “BeFit” jamoasi;

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Shaxina Yigitaliyeva (para yengil atletika);

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Dilshod Yo‘ldoshev (para kanoe);

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Suv sporti turlari klubi;

Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;

Paralimpiya harakatini qo‘llab quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: «Olmaliq KMK» AJ;

G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun: Sevinch Rahimova (karate WKF);

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston boks federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Go‘zal Mo‘minova;

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para yengil atletika);

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Xayitmurod Sherqo‘ziyev (para kanoe);

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Xalokov (boks).

Tadbir davomida quyidagi federatsiyalar Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun taqdirlanishdi:

– O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi;

– O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi;

– O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi;

– O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi;

– O‘zbekiston tennis federatsiyasi;

– O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi.

Text to speech