23 Dekabr 2023 946

Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chirchiq shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 30-dekabrga qadar davom etadigan yigʻinda kelasi yilning fevral oyida Toshkentda oʻtadigan Osiyo chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan 20 nafar sportchi jalb qilingan.

Qayd etish joiz, poytaxtimizda oʻtadigan qitʼa birinchiligi Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etadigan turnirlardan biri sanaladi. Shu bois sportchilarimiz unga katta hajmda tayyorgarlik koʻrishmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyevning soʻzlariga koʻra, ayni paytda atletlarning jismoniy holatini yaxshilash uchun yuklamalar berilmoqda. Kelgusi yigʻinlardan maxsus texnik harakatlarga ahamiyat qaratiladi.

Text to speech