22 Dekabr 2023 702

Chavandozimiz konkur bo'yicha xalqaro musobaqada g'olib bo'ldi

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida konkur boʻyicha “Maxima Masters Team” musobaqasining Gʻalaba bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Xurshidbek Alimjonov oltin medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga 135 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida erishdi. Bellashuvlarda unga “Champions league” laqabli tulpori hamrohlik qildi. Turnir 24-dekabrgacha davom etadi.

Text to speech